Pensiya tayinlaş uçun zarur hujjatlarni yiğiş jarayoni tubdan optimallaştiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

Qayd etilişiça, tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

arxivlardagi ma'lumotlarning elektron bazasini yaratiş;

idoralararo axborot almaşuvini joriy etiş;

davlat xizmatlari markazi orqali pensiya tayinlaş davlat xizmatini yölga qöyiş nazarda tutiladi.

Bajariş muddati - 2019 yil 1 may, ijro uçun mas'ullar - Moliya vazirligi, “Özarxiv” agentligi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, vazirlik va idoralar.

Eslatib ötamiz, avvalroq eng kam oylik iş haqi miqdorini belgilaş tartibi qayta körib çiqilişi xabar berilgandi.