Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga taşrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Kutilayotgan taşrifga tayyorgarlik köriş maqsadida, 2018 yil 8 noyabr kuni Berlin şahrida hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas bilan uçraşgandi. Ular «Özbekiston - Yevropa Ittifoqi» şaklidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilib, Afğonistondagi vaziyatga ham töxtalib ötişgan.
Şuningdek, Abdulaziz Komilov Berlin şahrida Germaniya kanslerining taşqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Yan Hekker bilan ham uçraşgandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Ergaşev esa Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining Afğoniston va Pokiston böyiça maxsus vakili Markus Potsel bilan uçraşganda, «Mozori-Şarif – Hirot» temir yöl magistralini, «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatiş liniyasini, turli uzunlikdagi avtomobil yöllarini va Afğonistondagi boşqa infrastruktura obektlarini quriş böyiça loyihalarni amalga oşirişni tezlaştiriş uçun moliyaviy manbalarni jalb qiliş masalasi ham muhokama qilingan.
Uçraşuv davomida Özbekiston taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan ta'lim yönalişidagi loyihalarda, jumladan Termizda taşkil etilgan Afğoniston fuqarolarini öqitiş ta'lim markazi hamda Afğonistonda ta'limni qöllab-quvvatlaş xalqaro fondi faoliyatida Germaniya tomonining iştirok etişi muhimligi qayd etilgan.
Ilk bor, Toşkentda bölib ötgan tadbirda Germaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Gyunter Overfeld Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli Özbekiston-Germaniya döstligi yangi sur'at olganligiga alohida töxtalib ötgandi. Öşanda Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga taşrifi davomida kansler Angela Merkel va GFR federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan bölib ötadigan muzokaralar ham elçi tomonidan aytib ötilgandi.
2018 yilning 9 oyi yakunlari böyiça ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 13 foizga ösgan. Statistik ma'lumotlarga köra, u 526 million dollarni taşkil qiladi.












