Oqo‘rda saytida 3 yanvarda Qozog‘istonning ba'zi aholi punktlarining qayta nomlanishi haqidagi normativ-huquqiy hujjatlar e'lon qilindi. Qozog‘istonning “Qozog‘iston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishi haqidagi” qonunining 9-moddasiga ko‘ra, mamlakat prezidenti quyidagi joylar nomini:   

- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Zelenov tumanini Boyterek tumani;

- Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Ziryanov tumani va Ziryanovsk shahrini Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Oltoy tumani va Oltoy shahriga o‘zgartirishga qaror qilgan.

Farmonlar 28 dekabrda imzolangan va e'lon qilinganining birinchi kunidan kuchga kirgan.