Ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligi ma'lum qilindi
Reuters axborot agentligi ayollar uchun eng xavfli davlatlar o‘ntaligini tuzdi. Bunday davlatlar qatoriga Hindiston, Afg‘oniston, Suriya, Somali va hattoki AQSh kirgan.
Ro‘yxat ayollar uchun bir qator omillar, jumladan sog‘liqni saqlash, tahqirlash, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik, odam savdosi kabi xavflar darajasi hisobga olingan holda tuzilgan.
Reytingga ko‘ra, ayollar uchun eng xavfli davlat deb Hindiston topilgan. Mutaxassislarni bu mamlakatda jinsiy zo‘ravonlik va odam savdosi tarqalganligi hamda xavfli milliy urf-odatlar xavotirga solgan.
2-o‘rinni Afg‘oniston egallagan. Bu davlatda ayollar jangarilar harakatlaridan aziyat chekadilar. Shuningdek, afg‘on ayollari tibbiy xizmat ko‘rsatilishi va ishga joylashishda muammolarga to‘qnash keladilar.
Keyingi o‘rinni bir necha yillardan beri jangovar harakatlar to‘xtamayotgan Suriya egallagan. Bu yerda ayollar tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishida muammolar his qiladilar hamda zo‘ravonliklarga uchraydilar.
4-9-o‘rinlarni Somali, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kongo, Yaman va Nigeriya egallagan.
Reyting mualliflari AQShni 10-o‘ringa qo‘yishgan. Ular bu yerda ayollarning jinsiy zo‘ravonliklarga uchrashlarini qayd qilib o‘tishgan.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024