Amerikalik velopoygaçi Karl Gruv ijobiy doping-sinov sababli jahon rekordidan mahrum etildi. Sportçining sinovida epitrenbolon anabolik steroidi topilgan, deb xabar berdi The Telegraph naşri.

Gruv yaqinda 90 yoşga kirgan. U AQŞ çempionatida “90-94” toifasidagi sprintda jahon rekordini örnatgandi. Keksa sportçining özi esa taqiqlangan vositani ataylab qabul qilmaganini aytmoqda. Uning ta'kidlaşiça, steroid uning organizmiga poyga arafasida yegan göşt orqali tuşgan.

Tergov davomida Gruv qonida yana bir taqiqlangan vosita – klomifen izlari borligi aniqlangan.