Ba'zi musibatlar aslida ne'mat ekanini öylar ekanman, Ollohning noyob iste'dodi oldida boş egaman. Yaratgan Öz bandalarining savob iş qilişini ulardan köproq istaydi. Har qadamda ular uçun savob işlaş yöllarini oçib beradi. Hozir buni sizga sanab beraman: duşmaningiz hasad qilsa, sizga savob yoziladi, duşman haqorat qilsa, sizga albatta savob yoziladi, duşman sizni birortasiga yomonlasa, bunda ham sizga savob yoziladi, duşman sizni ğiybat yo tuhmat qilsa, barçasida sizga savob yozilaveradi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Audio versiyasini tinglaş
Qarang, Olloh sizni qançalar avaylayapti. Harakat qilmasdan şunça savob topyapsiz. Demak duşmandan xafa bölavermasdan uni qadrlab ham turiş kerak. Yon-atrofga e'tiborsiz gerdayib yurişimizning oldini oladigan omillardan biri özganing adovatidir. Adovat sabab atrofga, oyoq ostimizga qaraymiz, balki bunga majbur bölamiz. Duşman bizni kibr balosidan qutulişimizga sabab bölyapti. Duşman bizga birovning dilini oğritiş naqadar ayançli ekanini körsatyapti. Duşman sabab özgalarga ozor beriş gunohidan çetlanişimiz mumkin. Demak, duşmaningiz qança köpligiga qarab özingizni omadli desangiz böladi.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar















