Har yili yanvar oyi boşida Las-Vegasda eng zamonaviy gadjyetlar namoyiş etiladigan Consumer Electronics Show (CES) körgazmasi bölib ötadi. Dunyoning yetakçi texnologik kompaniyalari körgazmada özlarining sönggi işlanmalarini namoyiş etişadi.  

Bu yilgi körgazmadan qanday yangiliklar örin olgan? Kompaniyalar iste'molçilarni qanday texnologiyalari bilan hayratga solmoqçi? 

Ötkaziliş muddati 

CES – tört kunlik körgazma bölib, 8 yanvardan 11 yanvargaça bölib ötadi. Uşbu körgazma AQŞdagi 2000dan ortiq iste'molçi kompaniyalarni birlaştirgan Iste'molçilar texnologiyalari assotsiatsiyasi tomonidan taşkil etilgan va 1967 yildan buyon ötkazib kelinadi. 

Mazkur körgazmaga keng omma kira olmaydi. Har yili avgust oyida Berlinda bölib ötadigan IFA körgazmasidan farqli ölaroq, CES faqat elektronika mahsulotlari işlab çiqaruvçilar, jurnalistlar hamda blogerlar uçungina oçiq hisoblanadi.  

CES qançalik katta körgazma? Judayam katta. Körgazma maydoni 255 483 kvadrat metrni taşkil etadi. Unda 24 turdagi mahsulotlarni öz içiga olgan 11ta körgazma stendi mavjud. Ayrim kompaniyalarning stendlari juda katta bölsa, kiçik kompaniyalar 25ta savdo maydonidan birida joylaşgan stollarni egallaydi.

CES körgazmasiga 155 mamlakatdan 180000ga yaqin kişi, 6500 axborot naşri, 4500 kompaniya taşrif buyuradi. Bu yerda dunyoning eng yirik texnologik kompaniyalari jam böladi, faqat Apple’dan taşqari.

Qayerda bölib ötadi?

CES 1978 yildan buyon Las-Vegasda ötkazib kelinadi. Nima uçun? Mehmonxonalar sababli. Bu yerda 150000ta mehmonxona nomeri bor.  

Westgate Las Vegas va Renaissance Las Vegas yaqinida joylaşgan körgazmaning bir qismi Tech East deb nomlanadi. Aksariyat stendlar şu yerda joylaşgan. Tech West deb nomlanuvçi qismida Hi-Fi va ovoz bilan boğliq mahsulotlarni körişingiz mumkin. Tech South qismida VR, AR va öyinlar namoyiş etiladi. Bu obektlar orasida avtobus qatnovi yölga qöyilgan.

Mahsulotlar