Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida “front-ofis” faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Nizomga köra, “front-ofis” faoliyati hududiy boşqarmalarning bojxona postlarida iş hajmidan kelib çiqib taşkil etiladi. “Front-ofis” xizmatçilari iş hajmidan kelib çiqib, hududiy boşqarma boşliğining topşiriğiga muvofiq bir hududiy boşqarma doirasida boşqa “front-ofis”ga jalb qilinişi mumkin.

“Front-ofis” xarajatlari, şu jumladan fuqarolik-huquqiy şartnomalari asosida jalb qilingan şaxslarga haq tölaş, ularni öqitiş, malakasini oşiriş bilan boğliq xarajatlar maxsus jamğarma hisobidan amalga oşiriladi.

“Front-ofis” xizmatlari ular joylaşgan manzillarda, TIF iştirokçisining murojaatlariga muvofiq amalga oşiriladi.

“Front-ofis” xizmatçilarining TIF iştirokçilari bilan munosabatlari mazkur ommaviy oferta asosida amalga oşiriladi.

“Front-ofis”larning faoliyati ustidan nazorat hududiy boşqarmalar, umumiy nazorat DBQning sohaviy boşqarmalari tomonidan olib boriladi.

“Front-ofis”ga şaxslarni jalb qiliş hududiy boşqarmalarning Kadrlar bölimi tomonidan amalga oşiriladi. “Front-ofis”ga şaxslarni jalb qiliş maqsadida, DBQning Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda DBQ rasmiy veb-saytida e'lon beriladi.

Nomzodga qöyiladigan talablar:

Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi;

örta maxsus yoxud oliy ta'lim muassasalarining diplomiga ega bölişi;

bojxona qonunçiligiga oid bilimlarga va ularni amaliyotga qöllaş, şuningdek, taşkiliy texnikalar (kompyuter, skaner, printer va boşqalar) bilan işlaş könikmalariga ega bölişi;

yuklatilgan majburiyatlarni bajarişga qodir bölişi;

bojxona va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlaridan salbiy asoslar bilan böşatilmagan bölişi.

“Front-ofis”da işlaş istagini bildirgan nomzodlar hududiy boşqarmalarga ariza bilan murojaat etadilar.