Gabon prezidenti Ali Bongoning 31 dekabr kuni qilgan murojaatidan darğazab bölgan harbiylar davlat radiostansiyasini egallab olişdi. Bu haqda RFI xabar bermoqda.

Harbiylar mahalliy vaqt bilan soat 4lar atrofida radiostansiya ofisiga kelib, «Milliy tiklaniş kengaşi»ni tuziş niyati haqida e'lon qilişgan.

Radioefirda armiya nomidan bayonotni leytenant Ondo Obiang Kelli öqib eşittirdi. U mamlakat prezidenti Ali Bongoning yangi yil murojaatini «hukumatni qat'iy saqlab qolişning kulgili spektakli», deb atagan.

Gabon prezidenti Ali bin Bongo Ondimba 59 yoşda. U mamlakatni 2009 yilning oktyabrida otasi ölimidan keyin hokimiyatni qabul qilib olgandi. Omar Bongo 42 yil davomida mamlakatni boşqargandi.

Ali Bongo
Foto: Reuters

Ali bin Bongo 2016 yilda saylovlarda ikkinçi muddatga saylandi, öşa saylovlar natijalari muxolifat tomonidan tanqid qilindi. 

2018 yilning 24 oktabr kuni Bongo Ondimba insultni boşidan ötkazdi va Saudiya Arabistonida reabilitatsiyadan ötkazildi, u hozirgi vaqtda Marokaşda bölib turibdi.

Yangi yil murojaatida u öz soğligi yaxşilanib borayotgani va özini yaxşi his qilayotgani haqida gapirgandi.

Hukumatni qölga olgan harbiylar prezidentning murojaatiga keskin norozilik bildirişgan.

«U respublika prezidentligiga munosibligini şubha ostiga qöydi», degan özini Gabon qurolli kuçlari vatanparvarlik harakati yetakçisi sifatida e'lon qilgan leytenant Ondo Obiang Kelli.

Zobit yoşlardan kömak söragan, ularni öz taqdirlarini öz qöllariga olişga çaqirgan.