Xitoy tomoni Amerikaning McCampbell esminetsi Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli orollar yonidan ötgani munosabati bilan AQŞ rahbariyatiga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Biz şu munosabat bilan Amerika tomoniga taqdimnoma kiritdik», - deya aytib ötdi XXR TIV rasmiy vakili Lu Kan.
Uning sözlariga köra, Xitoy Vaşingtonni bundan keyingi provokatsion harakatlardan tiyilişga çaqiradi.
Avvalroq, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining esminetsi Janubi-Xitoy dengizidagi bahsli orollar yonidan ötgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Eslatib ötamiz, bundan avval AQŞ desant kemasining Qora dengizga kirişi videoga olingandi.












