6 yanvar kuni «Özbekiston-Turkiya işbilarmonlari uyuşmasi» tomonidan Turkiya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ahmad Başar Şenni kuzatiş marosimi bölib ötdi.

«Ikki davlat prezidentlari tomonidan Özbekiston-Turkiya munosabatlarida yangi sahifa oçilgan, aloqalarimiz yaxşilangan bir davrda Özbekistondek davlatda elçilik qiliş şarafiga muyassar bölganimdan mamnunman. Özbekistonda Turkiyani buyuk davlat, Turkiyada Özbekistonni ota yurt sifatida bilişadi va bundan faxrlanaman. Men diplomatman, bu davlatdagi vakolatim tugadi. Ammo qayerga işga jönatişlaridan qat'i nazar Özbekiston mening qalbimda ketadi», dedi sözga çiqqan elçi yiğilganlarga qarata.

Tadbir davomida sözga çiqqanlar Ahmad Başar Şen faoliyatini ijobiy baholab, elçiga esdalik sovğalarini topşirişdi. 

Bir muddat muqaddam Ahmad Başar Şen Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ikki davlat investitsiyaviy salohiyatini, şu jumladan Özbekistonning turizm imkoniyatlarini yuqori baholagandi.