Özbekiston Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekani belgilangan. Şundan kelib çiqib qator qonun hujjatlarida mazkur tenglikni ta'minlaş böyiça qoidalar kiritilgan. Xususan, Mehnat kodeksiga muvofiq jins, yoşi, irqi, millati kabi mehnatga aloqador bölmagan boşqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida çeklaşlarga yöl qöyilmaydi. 

Şu bilan birgalikda, hozirgi kunda amalda bölib turgan ayrim qonun hujjatlarida ayollarning mehnat qiliş huquqini çeklaniş holatini köriş mumkin. Masalan, Ayollar mehnati töliq yoki qisman qöllanilişi taqiqlanadigan mehnat şaroiti noqulay bölgan işlar röyxati bilan jami 400 ga yaqin kasblarda ayollarning işlaşi taqiqlangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev röyxatni qayta körib çiqiş tarafdorlaridan biri. U bu haqda Kun.uz'ga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Biz şunday qaror qabul qilişimiz kerakki, ayollarga qulay şaroit yaratilib, albatta, röyxat qayta körib çiqilişi lozim. Xotin-qizlar qömitasi ham öz taklifini kiritdi. Ayrim sohalar ança eskirdi, ya'ni zamonaviy texnologiyalar paydo bölganda, u yerda ayollarning mehnatini taqiqlaş eskirgan norma hisoblanadi. Şunga qaramay, ayrim kasblar borki, unda işlaydigan ayollar soğliği haqida qayğuriş lozim», – deydi vazir. 

Adliya vazirligi ham uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlab, 2018 yilning noyabr oyida, ayollarning kasb tanlaş imkoniyatlari kengaytirilişi tarafdori bölgandi.

«Ta'kidlab ötiş lozimki, mazkur hujjatning qabul qilinganiga 18 yildan oşdi. Texnika taraqqiyoti tufayli bundan 15-20 yillar avval ayollar işlatişi qiyin bölgan ayrim texnik uskunalar hozirda ayollar ham bemalol işlata oladigan darajaga yetdi.Masalan, mazkur hujjatga köra ayollarning yölovçilar soni 14 ta dan köp siğimli avtobuslarning haydovçisi bölib işlaşi taqiqlanadi. Vaholanki, hozirgi kunda uşbu rusumdagi transport vositasini boşqariş uçun juda katta jismoniy kuç talab qilinmaydi», – deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.