Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Xitoy rahbari Si Tszinpin taklifiga köra Xitoyga keldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Kim Çen Inning taşrifi 10 yanvargaça davom etadi. 

Avvalroq Janubiy Koreya va Xitoydagi manbalar şimoliy koreyalik yuqori lavozimdagi amaldor bölgan poyezd Xitoy çegarasini Dandun stansiyasida kesib ötganini ma'lum qilgan. Poyezd kelişiga yaqin Xitoy xavfsizlik idoralari xodimlari kelib, stansiyaga olib boruvçi yöllarni tösişgan. Poyezd çegarani kesib ötib, yölida davom etgandan keyingina soqçilar olingan.   

Bu bir yildan kamroq vaqt içida Kim Çen Inning Xitoyga 4-taşrifidir. U ötgan yilning 25-28 mart, 7-8 may va 19-20 iyun kunlari ham Xitoyda taşrif bilan bölgan.