Angliya Kubogining 1/32 finalida «Liverpul» «Vulverhempton»ga yutqazib, turnirni tark etdi. Vulverhemptonda keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 38-daqiqasida Raul Ximenes hisobni oçdi. Ikkinçi bölim boşida Divok Origi hisobni tenglaştirdi. Lekin «börilar» hujumçisi Ruben Neveş köp ötmay ğalaba golini urdi.
Bu uçraşuvning 6-daqiqasidayoq «Liverpul» himoyaçisi Deyan Lovren jarohat olib, maydonni tark etdi.
Bu Yurgen Klopp şogirdlari joriy mavsumda qatorasiga ikkinçi öyinda mağlub bölişidir. Bundan avvalroq «Liverpul» APL doirasida «Mançester Siti»ga 1:2 hisobida mağlub bölgandi.
Angliya çempionatida ayni vaqtda «Liverpul» 54 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda, «Vulverhempton» 29 oçkosi bilan — töqqizinçi örinda joylaşgan.
Angliya Kubogi
3-raund
Vulverhempton – Liverpul 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 38 Ximenes, 1:1 – 51 Origi, 2:1 – 55 Ruben Neveş.
Vulverhempton – Raddi, Kastro (Doerti, 75), Bennett, Koudi, Ruben Vinagre, Diogu Jota (Kavaleyru, 52), Dendonker, Moutinyu, Ruben Neveş, Boli, Ximenes (Elder Koşta, 83).
Liverpul – Minole, Rafael Kamaşu, Lovren (Xuver, 6), Moreno, Milner, Fabino, Jons (Firmino, 70), Keyta, Şakiri, Starrij (Saloh, 70), Origi.
Ogohlantiriş: Milner (15).
The goal that sent Liverpool packing out of d FA cup. #WOLLIV pic.twitter.com/YzNnXddbWJ
— He'smiles... (@aramitunji) 7 yanvarya 2019 g.












