MasterCard xalqaro tölov tizimi rahbariyati kompaniya logotipini özgartirişga qaror qildi. Logotipdan kompaniya nomi “MasterCard” yozuvini olib taşlab, özaro tutaşuvçi qizil va sariq aylanalarnigina qoldiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqdagi xabar kompaniya saytida paydo böldi.
Kompaniyada izoh berilişiça, ikkita aylana 50 yildan köproq vaqtdan beri tölov tizimining taniqlik belgisi bölib xizmat qilmoqda. 80 foizdan köproq odam bu ramzni biror-bir yozuvsiz ham taniydi.
“Raqamli texnologiyalar davridagi özgarişlar zamonaviy oddiylikni talab qiladi”, deb tuşuntirgan uşbu qarorni kompaniya vakili Raja Rajamannor.
MasterCard tizimi ayni vaqtda 210 davlatdagi 22 ming moliyaviy taşkilotni birlaştiradi. Kompaniyaning boş qarorgohi Nyu-Yorkda joylaşgan.












