Kun.uz saytida muqaddam Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari haqida maqola va videolavha e'lon qilingandi. Muxbirlar mavzuni davom ettirishga qaror qilishdi. Ularning hayotini yanada yaqindan o‘rgangan muxbirlar sariq nimchalilarning dil so‘zlarini tinglashdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatidan qatnab poytaxtda ishlovchi xodimlar ishni o‘z vaqtida boshlash uchun soat to‘rt yarimda uyg‘onishar ekan (bu tasvirga olish jarayonida ma'lum bo‘ldi). Shuningdek, viloyatdan qatnovchi transportdan tashqari, shahar ichidagi transport bilan ham talay muammolar borligi ma'lum bo‘lib qoldi.


Tushlik vaqtida tamaddixonalar turli bahonalar bilan ularga xizmat ko‘rsatishdan qochishga harakat qilishadi, hech qanday sabablarsiz restoranni tark etishni so‘rashadi.

Afsuski, bu muammolarning oxiri emas. Kiyinish uchun joy yo‘qligi sababli kerakli anjomlarni (maxsus belgi, jiletka, ortiqcha kiyim) o‘zlari bilan olib yurishadi. Obodonlashtirish xodimlarini hojatxona yo‘qligi ham sarson qiladi. Ular esa har qanday sharoit va ob-havoda ham ishni to‘xtatmasliklari lozim. Ular o‘z ishidan nolimaydi...



















