2019 yil 7 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar «Yaylovlar töğrisida»gi qonun loyihasini muhokama qildilar.
Quyi palataning bir guruh deputatlari taşabbusi bilan tayyorlangan mazkur qonun loyihasi muhokamasi çoğida qayd etilganidek, bugungi kunda Özbekistonda yaylov va piçanzorlarning umumiy maydoni 21,1 million gektarni yoki mamlakat yer maydonining 46,5 foizini taşkil etadi. Ammo keyingi 35-40 yil davomida köçma çorvaçilikda yaylovlardan me'yordan ortiq foydalaniş, mollarni yaylovlarda ortiqça boqiş hamda boşqa antropogen ta'sirlar natijasida çorva ozuqasi hajmi kamayib, yaylov yerlari inqirozga yuz tutmoqda. Tahlillarga köra, hozirgi kunga kelib mamlakatdagi yaylov maydonlaridan 16,4 million gektari (78 foizi) inqirozga uçragan, 20 foizdan ortiq maydondagi yaylov va piçanzorda ösimliklar soni hamda turlari kamayib, mahsuldorlik 2 barobarga qisqargan.
Yaylovlardan foydalaniş böyiça samarali huquqiy mexanizm yaratilmagani, mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvçi maxsus qonun qabul qilinmagani, yaylovlardan oqilona foydalaniş yuzasidan davlat boşqaruvi organlarining vakolatlari aniq belgilanmagani, mol boqiş va piçan öriş me'yorlari va rejalari belgilanmagani natijasida respublikadagi yaylovlarning holati yildan-yilga yomonlaşib bormoqda.
Majlisda ta'kidlanganidek, deputatlar tomonidan işlab çiqilgan mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi bilan yaylovlardan oqilona foydalanişning taşkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratiladi. Davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilanadi. Inqirozga uçragan yaylov maydonlarini aniqlaş va ularni tiklaş, hosildorligini oşiriş uçun ozuqabop ekinlarni ekiş işlari taşkil etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi hamda aholiga göşt va sut mahsulotlarini yetkazib beriş köpayadi. Çorvaçilikda yaylovlardan foydalanişning me'yorlari belgilanadi.












