Uy-joyni ijaraga berish (olish) qay darajada osonlashdi?
Ziyouz.com sayti asoschisi, bloger Davron Tojialiyev Facebook’dagi o‘z sahifasida uy-joyni ijaraga berishning yangi tartibi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
“Bugun soliq idorasiga uy-joyni ijaraga berish shartnomasini tuzgani borgandim. Tartib yangilangani uchun tumonat odam yig‘ilgan (endi uy-joy ijara shartnomasi notariuslarda emas, soliq idorasida tuziladi). Hujjatlarni to‘ldirib, topshirgunimcha 3 soat vaqt ketdi (shunda ham ish bitmadi, uy egasining STIRida muammo bor ekan, ertaga qoldi)”, deb yozadi u.
Blogerning ma'lumot berishicha, uy-joyni ijaraga berish (olish) uchun soliq idorasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Ijaraga beruvchining pasport nusxasi.
2. Ijaraga oluvchining pasport nusxasi.
3. Ijaraga beruvchining STIR (INN) raqami nusxasi.
4. Ijaraga oluvchining STIR (INN) raqami nusxasi.
5. Ijaraga berilayotgan uyning kadastr nusxasi (birinchi va oxirgi betlar).
6. Ishonchnoma nusxasi (agar uy-joyga egalik huquqi boshqa odamga berilgan bo‘lsa).
7. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi (3 nusxa to‘ldiriladi).
8. Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini majburiy hisobga qo‘yish haqida so‘rovnoma (1 nusxa to‘ldiriladi).
“O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi farmoyishiga ko‘ra, Toshkent shahrida turar-joylarni ijaraga berish minimal summasi 10000 so‘m/kv.metr. Ijara summasining 12 foizidan soliq olinadi. Ushbu farmoyishga ko‘ra, ijara shartnomasi avval tuzilib, summasi belgilangan bo‘lsa ham, kv.m.iga 10000 so‘mdan hisoblanib, yangi summa chiqarilyapti. Masalan, 60 kv.m. uchun avval taxminan 20000 to‘langan bo‘lsa, hozir uning summasi 72000 bo‘lyapti”, deb yozadi u.
Davron Tojialiyev, shuningdek, ijarada turuvchilarga oson bo‘lishi uchun kerakli blankalarni havola qilgan.
Bloger posti so‘ngida shunday yozadi:
“Innovatsiyalar yili o‘tib ketdi. Mana shu ovoragarchilikni osongina elektron tarzda amalga oshirish haqida gapirib o‘tirmadim (har qalay bu safar avvalgidek, uyning oldi-sotdi shartnomalari, BTIdan ma'lumotnoma, uy egasining soliqdan qarzi yo‘qligi haqida ma'lumotnoma, pasport stoldan forma-17 va doimiy propiskada turadiganlar haqida ma'lumotnoma, kommunal idoradan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumotnoma, uy egasining turmush o‘rtog‘i ijaraga qo‘yishga rozi ekanligi haqida ma'lumotnoma, uy egasi turmush o‘rtog‘ining pasporti, nikoh guvohnomasi, ijara turuvchi bolalar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, ijarada turuvchi rafiqamning INNsi, kvartiraning taqiq yoki arestda turmasligi haqida so‘rovnoma so‘ralmadi”.
Eslatib o‘tamiz, Ziyouz.com sayti asoschisi bu haqda bundan uch yil avval yozgandi.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Durov Fransiyadagi tergovchilarga Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi
Fan-texnika | 01:38
-
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
Fan-texnika | 00:50
-
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
Jahon | 00:18
-
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Mavzuga oid
11:50 / 17.01.2025
O‘quv muassasalari oshxonalari E-auksion orqali ijaraga beriladi
11:18 / 16.01.2025
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi
11:50 / 10.01.2025
100 ming gektar yer maydonlari aholiga ijaraga beriladi
14:43 / 04.01.2025