Xitoy fond bozori va milliy valuta qadrining pasayişi, Tramp ma'muriyati bilan davomli savdo uruşlari XXRning eng badavlat 400 kişisi kapitaliga ta'sir ötkazmay qolmadi. Ularning 75 foizining boyligi kamaydi, ötgan yilgi röyxatga kiritilgan milliarderlarning 93 nafari bu yil reytingga kirmadi. Qolganlardan 229 tasining daromadi kamaydi, ularning uçdan bir qismi — 20 foizdan köproq kirimni yöqotdi.

Forbes'ning navbatdagi milliarderlar röyxatidan 344 nafar xitoylik örin oldi, ularning birgalikdagi boyligi 12 foizga - 1,19 trillion dollardan 1,06 trillion dollarga kamaydi. Quyida Xitoyning eng badavlat kişilari Top-5 röyxati taqdim etiladi:

1. Jyek Ma

Moliyaviy ahvoli: 34,6 mlrd dollar

Bir yillik özgariş: 4 mlrd dollar

Foto: Reuters

Alibaba rahbari Jyek Ma 2018 yilning sentyabrida bir yildan söng reteyl gigant kengaşi raisi lavozimini tark etiş niyati haqida ma'lum qildi. Şunga qaramay, u 2014 yildan buyon birinçi marta eng badavlat xitoyliklar röyxatining birinçi poğonasidan örin oldi.

2. Ma Xuaten

Moliyaviy ahvoli: 32,8 mlrd dollar

Bir yillik özgariş: 6,2 mlrd dollar

Foto: Reuters

Tencent Holdings internet giganti rahbari Poni Ma (WeChat messenjeri işlab çiquvçisi) Tesla, Spotify va Snap kompaniyalarida ham minoritar uluşga ega.

3. Xuey Ka Yan

Moliyaviy ahvoli: 30,8 mlrd dollar

Bir yillik özgariş: 11,7 mlrd dollar