O‘zbekiston | 13:05 / 09.01.2019
23281
2 daqiqa o‘qiladi

Endi uy egasidan tashqari, uyda doimiy propiskada bo‘lgan boshqa shaxslar ham kommunal to‘lovlar uchun solidar javobgar bo‘ladi

Foto: Pinterest

Shavkat Mirziyoyev “Ba'zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi” tomonidan e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 133-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirildi:

“Uy-joy obektining manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr ta'minoti, gaz ta'minoti, suv ta'minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo‘ladi”;

uchinchi va to‘rtinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblanadi.

Mavzuga oid