Şavkat Mirziyoyev “Ba'zi davlat organlari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
“Huquqiy axborot” kanaliga köra, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi qonunga kiritilgan qöşimçalarga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi endilikda hududiy adliya boşqarmalari va tuman adliya bölimlari boşliqlarining axborotini eşitadi.
Bunda Kengaşning qarori tegişinça Adliya vazirligiga hamda viloyat adliya boşqarmasiga yuboriladi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonunga kiritilgan qöşimçalarga muvofiq endilikda normativ-huquqiy hujjat loyihasi hujjatni qabul qiluvçi organga kiritilayotganda unga Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza böyiça xulosasi ham ilova qilinadi.
Şuningdek, prezident Administratsiyasiga va Hukumatga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza böyiça xulosasi bölgan taqdirdagina körib çiqiladi.
“Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti töğrisida”gi Qonunga kiritilgan qöşimçalar bilan Senat tomonidan adliya vazirining norma ijodkorligi va huquqni qöllaş amaliyoti bilan boğliq axborotini eşitişi belgilandi.












