Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga (LBMA, rusçasiga — NAPU) direktor tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 9 yanvar kuni imzolangan tegişli farmonga köra, Dmitriy Romanoviç Li Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Dmitriy Li mehnat faoliyatini xalq ta'lim tizimi ta'minoti sohasida boşlagan, keyinçalik maşinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.
2017 yil avgust oyidan hozirgi kungaça Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligida direktorning birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi. 2018 yil iyun oyida Dmitriy Li Özbekiston şaxmat federatsiyasi rahbariga aylangan edi.
Loyiha boşqaruvi milliy agentligining avvalgi direktori Şuhrat Sodiqov 2018 yilning avgust oyi boşlarida Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri etib tayinlangandi.
Loyiha boşqaruvi milliy agentligi Özbekiston Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi farmoni bilan taşkil etilgan. 2018 yil dekabrida LBMA elektron hukumat sohasida vakolatli organga aylandi (iyulda esa Prezident uşbu agentlikni raqamli iqtisodiyotni tatbiq etiş va rivojlantiriş sohasida vakolatli organ etib belgilagan edi).











