«Hozir Ukrainadagi cherkov, Belarusda bizning cherkovning avtokefaliyasi haqida ko‘plab savollar paydo bo‘ldi. Men bu savollarni jamiyatimizda muhokama qilish uchun juda ahmoqona, deb atayman», - dedi u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish vaqtida.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «bugungi kunda kun tartibida bunday masala yo‘qligiga» aniq kelishib olishgan.

Shu bilan birga, Lukashenkoning eslatishicha, Ittifoq davlat tuziladi. Uning qayd etishicha, mamlakatlar faqat teng asosda rivojlanishi mumkin. «Teng asos bo‘lmasa - hech qanday ittifoq bo‘lmaydi», - deya xulosa qildi u. Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan munosabatlardagi deyarli barcha muammolar «maqbul yoki kamroq qabul qilinadigan tarzda» hal etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putinning Lukashenko bilan muzokaralar vaqtidagi xatti-harakati muhokamalarga sabab bo‘lgandi.