Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Barselona» «Levante» mehmoni bölib, 1:2 hisobida yutqazib qaytdi.
Öyinning 4-daqiqasidayoq mezbonlar himoyaçisi Erik Kabako hisobni oçdi. Bölim örtalarida Borxa Mayoral valensiyaliklarning ustunligini oşirdi. Ikkinçi tarkib bilan harakat qilgan kataloniyaliklar öyin oxirida Denis Suaresga işlatilgan fol uçun belgilangan penaltini Filippe Koutino aniq ijro etişi evaziga hisobni qisqartirişdi.
1/8 final doirasida «Barselona» — «Levante» örtasida javob uçraşuvi 17 yanvar kuni bölib ötadi.
Katalonlar turnirning amaldagi ğolibi sanaladi. Ötgan yili Valverde şogirdlari finalda «Sevilya»ni 5:0 hisobida mağlub etişgandi.
Ispaniya Kubogi
Yarimfinal
Levante – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 4 Kabako, 2:0 – 18 Mayoral, 2:1 – 85, penalti Koutino.
Levante – Fernandes, Kabako, Rodriges (Djyeyson, 69), Postigo, Koke, Kampanya, Prtsiç, Roçina (Dukure, 75), Saymon, Mayoral, Boateng (Morales, 62).
Barselona – Sillessen, Miranda (Serdji Roberto, 46), Brandaris (Langle, 58), Murilo, Nelson Semedu, Koutino, Vidal, Dembele, Alenya, Malkom (Denis Suares, 67), Buskets.
Ogohlantirişlar: Murilo (22), Alenya (39), Prtsiç (41), Brandaris (43), Kabako (49), Buskets (74), Mayoral (90).












