Ispaniyada pul mablağlari ötkaziş talabi yozilgan soxta maktublar jönatiş orqali tovlamaçilik bilan şuğullangan jinoiy guruh qölga olindi.

Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Meksika va Xitoydagi kompaniyalar bu guruhning qurbonlari bölgan. Öttizdan ortiq tovlamaçilik holatlari aniqlangan bölib, yetkazilgan zarar 25 million yevro deb baholanmoqda.  
Uşbu iş doirasida Nigeriya, Dominika, Venesuela va Ispaniya fuqarolari bölgan ön kişi qölga olingan.  

Ular özlarini kompaniya rahbari sifatida taniştirib moliya bölinmalari xodimlariga pul ötkaziş söralgan “nigeriyaça maktublar”jönatişgan.

Soxta hujjatlar asosida oçilgan hisob raqamlariga pul tuşganidan söng ular pullarni naqdlaştirişgan yoki YeI mamlakatlaridagi hisob raqamlariga ötkazişgan. Pullar u yerdan yana Ispaniyaga qaytarilgan yoki Nigeriyaga mahsulot jönatuvçi kompaniya hisob raqamiga ötkazilgan.

Guruh uşbu iş bilan uç yil davomida şuğullanib kelganligi aniqlangan.