9 ming yölovçini sayr qildirib yurgan, dunyodagi eng katta kruiz laynerlaridan biri Oasis of the Seas’da xavfli infeksiya tarqalişi aniqlandi. Bu haqda Daily Express naşri xabar berdi. 

Karib dengizi böylab sayohat qilayotgan yölovçilardan 167 nafari iç ketiş va köngil aynaş bilan keçuvçi Noruolk virusiga (içak grippi ham deyiladi) çalindilar. Şu sababli sayyohlarga tibbiy yordam körsatilmagungaça kemani tark etiş taqiqlab qöyildi. 

“Şifokorlarimiz jabrlanganlarga retseptsiz beriluvçi dori-darmon bilan yordam berişga urinmoqdalar. Bu orada biz köproq şifokorlarni jalb qilişga harakat qilmoqdamiz va bor kuçimiz bilan keyingi asoratlarning paydo bölişi ehtimolini minimallaştiramiz”, deb aytgan kemaga egalik qiluvçi Royal Caribbean kompaniyasi vakili Ouen Torres.