Kim Çen In an'analarga zid ravişda jamoat joylarida öz rafiqasi bilan köriniş beradi. Şimoliy Koreya rahbari Pekinga taşrifida ham istisno qilmadi - zirhli poyezdda Kimga Li Sol Çju hamrohlik qildi. Bi-Bi-Si uning rafiqasi haqida material tayyorladi.

KXDRning birinçi xonimi aslida kim?

Foto: EPA

U haqida batafsil ma'lumotlar yöq, uçragan ayrim ma'lumotlarni ham tekşirib bölmaydi.

U ilk bor telekanallarda 2011 yilda köriniş bergan - u Kim Çen Irning dafn marosimi vaqtida Kim Çen Inning yonida turgan. Öşanda heç kim, jumladan, Amerika va Janubiy Koreya maxsus xizmatlari ham uning kimligini bilişmasdi.

Keyingi bir yil davomida u Kim Çen Inning singlisi yoki uning boşqa qarindoşi degan taxminlar saqlanib qoldi. Janubiy Koreya razvedkasidagilar uşbu ayol «Poçxonbo» ansamblidagi solist - Xyon Son Vol ekani haqida ma'lumot ham tarqatgandi.

Boşqa ma'lumotlarda Li Sol Çju 2005 yilda yengil atletika böyiça Osiyo çempionati vaqtida şimoliy koreyaliklar delegatsiyasi bilan Janubiy Koreyaga kelgani aytiladi. Bu ma'lumotni tekşiriş ham imkonsiz.

Uning Kim Çen In bilan nikohi haqida Şimoliy Koreyadagi naşrlarda 2012 yilning iyulida yozilgan. Keyinroq janubliklar razvedkasi bu juftlik 2009 yildayoq turmuş qurişganini aniqlagan.

Yangi maqom

Foto: Getty Images

2018 yil yozida Şimoliy Koreyaning rasmiy matbuoti uni şunçaki örtoq Li deb ataşni bas qildi va u «Hurmatli birinçi ledi» deb atala boşlandi.

Uning asl ismi Li Sol Çjuligi aniq emas, şimolliklar dinastiyasida ismlarni özgartiriş an'anasi bor.

Kimlar sulolasi asosçisi, Kim Çen Inning bobosi Kim Ir Senni tuğilganida Kim Son Çju deb ataşgan. Keyinroq u öziga inqilobiy nom tanlagan - «Kötarilayotgan quyoş».

Uning öğli Kim Çen Ir ayrim ma'lumotlarga köra Sibirda tuğilgan. Sovet va xitoy manbalariga köra, uning tuğilganlik haqidagi guvohnomasiga Yuriy Irsenoviç Kim deb ism qöyilgan. Şimollik tarixçilar esa u Şimoliy Koreya hududida, Pektusan toğidagi partizanlar lagerida dunyoga kelganini yozadi.