Internet tarmoğida respublikada mavjud bölgan barça muzeylar haqida yagona portalni taşkil etiş, bu iş 2019 yil 1 dekabrga qadar yakunlanişi kerak. Bu haqda Kun.uz muxbiri Özbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston muzeylarida 2,5 milliondan ziyod eksponat, arxivlarda madaniy meros obektlari bölgan milliondan ortiq hujjat saqlanadi va joriy yilning 1 dekabr sanasiga qadar Özbekistondagi barça muzeylar haqida ma'lumot beruvçi yagona portal işga tuşadi.
«2017-2021 yillarda muzeylar faoliyati böyiça kompleks çoralar dasturi işlab çiqilgan. 2018 yilning özida 4ta muzey taşkil qilindi: Möynoq ekologiya muzeyi, Şahrisabzda maqom muzeyi, Erkin Vohidov uy muzeyi, Mutal Burhonov uy muzeyi. Şuningdek, 4ta muzeyni rekonstruksiya va kapital ta'mirlaş işlari olib borildi. Lekin muzeylarga taşrif buyuriş qay darajada? Qurib qöysak, heç kim körmasa, nima naf?
Surxondaryo davlat tarixi muzeyi, Buxoro şahridagi buyuk allomalar muzeyi, Ayniy uy muzeyi, Çirçiq şahridagi muzeyni ta'minlab beramiz, ammo keyin-çi? Kim tomoşa qiladi uni? Teatrlarga respublika böylab taşrif qanday bölyapti?», – deya savol bilan yuzlanmoqda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev.
Vazirga köra, 2019 yil uçun belgilangan rejada bu masalalarning barçasi nazarga olingan.
«20ta muzeyning virtual variantini yaratiş rejalaştirilgan. Vazirlik tasarrufida 96ta muzey bor. Yirik muzeylarda audiogidlar xizmatini joriy qiliş böyiça iş olib borilyapti. Bitta muzey uçun hozirça 10ta gid ajratilgan, lekin ularning hammasi ham tarixni çuqur biladi, deb aytolmayman. Qölimda audiogid bölsa, eksponatlarni özim istagança tomoşa qilişim mumkin böladi, unga isbotlangan tarixiy ma'lumotlar kiritiladi», – deb qöşimça qilgan u.
Sayfullayevning aytişiça, Rossiyadan taşrif buyurgan mehmonlar Özbekistonni rosa maqtagan-ku, lekin nega uy muzeylar yakşanba kuni işlamay turişini sörab qolgan.
«Axir aksariyat odamlar yakşanba kuni boradi-ku, bunday joylarga. Muzeylarda dam oliş kuni bölişi kerak emas. Çiptalar narxi masalasini qayta körib çiqiş kerak. Muzey kategoriyasidan kelib çiqqan holda narx belgilanişi kerak. Keçki payt işlaydigan muzey xodimlarining maoşi masalasi ham qayta körib çiqiladi.
Özbekiston davlat san'at muzeyini 2019 yilda rekonstruksiya qilişni belgilaganmiz. Qoraqalpoğiston san'at muzeyi, Oybek uy muzeyi va Xalq amaliy san'ati va milliy hunarmandçilik muzeyini rennovatsiya qilişimiz kerak.












