2019 yil 10 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Fuqarolarning soğliğini saqlaş hamda Mehnat va ijtimoiy masalalari qömitalari hamkorligida «Özbekistonda onkologik kasalliklar bilan kasallaniş holati: mavjud muammolar va ularning yeçimi» mavzusida seminar ötkazildi.

Qayd etilişiça, hozirgi paytda Özbekistonda yiliga 22 mingdan ortiq bemorda onkologik kasallik aniqlanmoqda. Bu, öz navbatida, mazkur xastalikka qarşi kuraş tizimini takomillaştirişni, uni moliyalaştiriş manbalarini aniq belgilaşni taqozo etmoqda.

Tadbirda iştirokçilar tomonidan fan va amaliyotning taraqqiyoti, soğliqni saqlaş va insonlar salomatligini muhofaza qiliş tizimining rivojlanişi natijasida onkologiya sohasida birinçi navbatda, birlamçi böğinlarda profilaktika hamda tibbiy xizmat körsatiş sifati darajasini oşiriş bilan boğliq, öz yeçimini kutayotgan bir qator masalalar mavjudligi, yuqori texnologik davolaş va operatsiyalarni ötkazilişiga talab va ehtiyoj yuqori ekani qayd etildi.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, respublikada röyxatga olingan xavfli ösma kasalliklar orasida sut bezi, öpka, qon va limfoid töqimalar xavfli ösmalari va baçadon böyni saratoni bilan kasallaniş körsatkiçlari oşib bormoqda. Soğliqni saqlaş tizimida islohotlar bosqiçma–bosqiç davom etayotgan bir davrda ösma xastaliklari bilan kasallanişni kamaytiriş maqsadida davlat miqyosidagi keng qamrovli dasturlarni amalga oşirişga katta zarurat tuğilmoqda. Ayniqsa, kadrlar tayyorlaş masalasiga e'tiborni kuçaytiriş, uzoq qişloq joylarida işlayotgan umumiy amaliyot şifokorlarining onkologik sezgirligini oşiriş, tibbiy körik sifati yaxşilanişiga erişiş bu boradagi muhim vazifalardan sanaladi.

Tadbir iştirokçilari onkologik xastaliklarga çalingan bemorlarga tibbiy xizmat körsatiş sifatini yanada oşiriş, ösma kasalliklarining oldini oliş, mazkur yönalişga oid muammolarni kompleks hal etişga qaratilgan huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça takliflar bildirişdi.