Pompeo so‘zlariga ko‘ra, 6 yanvar kuni Ukraina cherkovining mustaqilligi haqida berilgan bayonot Ukraina uchun «tarixiy yutuqqa» aylandi. Davlat kotibi fikricha, bu voqea juda muhim ahamiyatga ega, sababi hozirgi paytda Ukraina «o‘z kelajagi qanday ko‘rinishda bo‘lishini aniqlashga» harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, Pompeoning ta'kidlashicha, Ukraina hukumati fuqarolarning din erkinligiga bo‘lgan huquqini hurmat qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina o‘zining mustaqil pravoslav cherkovini tashkil etgandi.











