Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi davomida Toyloq tumanidagi Pet Agro Oil qöşma korxonasida bölib, yoğ-moy işlab çiqariş texnologiyasini közdan keçirdi.
Korxona 2017 yilda Şimoliy Irlandiyaning Nortec Estate LLP kompaniyasi hamda Özbekistonning Tony Green firmasi tomonidan taşkil etilgan. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, ösimlik yoği işlab çiqariş va qadoqlaşga ixtisoslaşgan. Italiya, Avstriya, Turkiya, Şveytsariya, Hindiston, Bolgariya va Xitoy davlatlaridan 7 million dollarga zamonaviy texnologiyalar keltirib örnatilgan.
Bugungi kunda korxona faoliyatini kengaytiriş işlari amalga oşirilmoqda. Natijada kuniga 350 tonna ösimlik yoği, 3 ming tonna tomat pastasi, 2 ming 500 tonna olma konsentrati işlab çiqariladi. Korxona töliq quvvat bilan işlagaç 800 nafar kişining bandligi ta'minlanadi.
Şu yerda Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, sanoat, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş sohalariga oid loyihalar taqdimoti ötkazildi.
2019 yilda viloyatda 355 million dollar investitsiyalarni özlaştiriş rejalaştirilgan. Özbekistonning Xitoy, Turkiya va Ispaniyadagi elçixonalari hamda Gretsiyadagi konsulxonasi viloyat tumanlariga biriktirilgan.
Uşbu vakolatxonalar rahbarlari mahalliy hokimliklar bilan birga şakllantirilgan investitsiya loyihalarini taqdim etdi.
Davlat rahbariga Xitoyning Henan Wanbang Selected Supply Chain Management Co. LTD kompaniyasi tomonidan çorvaçilik klasterini quriş böyiça loyiha konsepsiyasi, Bulunğur, Jomboy va Payariq tumanlarida çorvaçilik klasteriga tanlangan yer maydonlari, aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş va «Tomorqa xizmati» MÇJ faoliyatini kengaytiriş vazifalari haqida ma'lumot berildi.














