Ğalati qarorlari bilan tarixga kirgan Otto fon Bismarkning özi singari şafqatsiz şunday sözlari bor «Tinç yaşaşni xohlasang uruşga tayyorlan». Dunyoning deyarli barça davlatlari öz xavfsizligini ta'minlaş maqsadida qurolli kuçlariga ega. Lekin yer şarida şunday davlatlar ham borki, ular mutlaqo armiyaga ega emas. E'tiboringizga qurolli kuçlardan voz keçgan 10 davlat haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz.
1. Lixtenşteyn

Bu davlatning Özbekiston bilan öxşaş jihati bor – har ikki davlat yirik suvlarga çiqiş uçun kamida ikki davlat hududini bosib ötişi lozim. Poytaxti Vaduts şahri bölgan Markaziy Yevropadagi Lixtenşteyn davlati Avstriya va Şveytsariya bilan çegaradoş. Knyazlikda konstitutsion monarxiya tizimi hukm suradi. Garçi biror bir davlat rasman Lixtenşteyn mudofaasini öz zimmasiga olmagan bölsa-da, knyazlik hukumati Şveytsariyada ötkazilgan muzokaralar çoğida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganini ta'kidlaydi.
2. Vatikan

Italiya poytaxti Rim hududida joylaşgan Vatikan eng kiçik böliş bilan birgalikda BMT va dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingani holda BMTga a'zo bölmagan yagona davlatdir. Rim katolik çerkovining markazi bölgan bu davlat Rimning içida joylaşganiga qaramay huquqiy jihatdan mutlaqo mustaqildir, hatto Italiyaga ham böysunmaydi. Lekin şunga qaramay Italiyaning 300 mingga yaqin qöşini va 50 ming nafar dengiz piyoda askarlaridan iborat armiyasi zimmasiga Vatikanni ham himoya qiliş vazifasi yuklatilgan.
3. Nauru Respublikasi

Tinç okeanining ğarbiy qismidagi şu nomli orolda joylaşgan bu davlatning aholisi 15 000 kişidan iborat bölib, alohida davlat bölsa-da, hatto poytaxtga ham ega emas. Öz mustaqilligiga 1968 yilda erişgan Nauru davlatini Avstraliya öz himoyasiga olgan va bu şunçaki şartnoma emasligini amalda ham isbotlagan. 1940 yilda Nauru hali mustaqil davlat maqomiga ega bölmagan davrda ham, Germaniya hujum qilganida Avstraliya kömakka kelgan.
4. Marşall orollari respublikasi

Tinç okeanida joylaşgan Mikroneziyadagi bu davlatning poytaxti Majuro şahridir. Köplab mayda orollardan iborat bu mamlakatda 64 ming aholi istiqomat qiladi. Bu davlat mudofaasi böyiça javobgarlikni AQŞ öz zimmasiga olgan.
5. Grenada

Karib dengizining janubi-şarqida joylaşgan bu orol davlat ham öz qurolli kuçlariga ega emas. Lekin hujumga uçragan çoğda Antigua va Barbuda, Barbados, Dominika respublikasi kabi davlatlar himoyaga çiqişadi. Lekin bu davlatlarning özlari ham yetarli darajada harbiy kuçlarga ega emasligi uçun baribir AQŞdan madad kutişga töğri keladi.
6. Andorra knyazligi

Şarqiy Pireneyda, Fransiya va Ispaniya örtasida joylaşgan Yevropaning bu mitti davlatida dengizga çiqiş yöli singari qurolli kuçlari ham yöq. Lekin tazyiqqa uçraganida Fransiya va Ispaniyadan taşqari NATO kuçlariga ham işonsa böladi.
7. Palau

Tinç okeanining Filippin dengizidagi 328 oroldan iborat bu davlat Filippindan 800 km uzoqlikda joylaşgan. Aholisi bor yöği 20 ming kişini taşkil qilgani holda öz poytaxtiga ham ega — Melekeok şahri. 1983 yilda imzolangan bitimga köra AQŞ himoyasiga olingan.
8. Samoa

Tinç okeanining janubiy qismida joylaşgan bu davlat şu nomdagi arxipelagning ğarbiy qismlarini band etgan. Poytaxti Apia şahri Upolu orolida joylaşgan. Yangi Zelandiya lozim bölganda harbiy yordam körsatişni kafolatlagan.
9. Kosta-Rika

Markaziy Amerikadagi eng kiçik davlatlardan biri bölgan Kosta-Rika ikki qit'ani boğlovçi hududda joylaşgan. Poytaxti San-Xose şahri bölgan bu davlat armiyasi 1948 yilda tarqatib yuborilgan. Içki tartibni saqlaş uçun fuqarolik gvardiyasi, çegara politsiyasi, sohil qöriqçilari va milliy politsiya kabi tuzilmalar saqlab qolingan. 1947 yildagi kelişuvga köra, AQŞ, Çili, Kuba kabi davlatlarga işonib xotirjam kun köradi.
10. Solomon orollari

Tinç okeanining janubi-ğarbiy qismidagi Melaneziyada joylaşgan, şu nomli arxipelagning 992 orolini band etgan bu davlat ham öz qurolli kuçlariga ega emas. Şuningdek, zarur bölganda qaysi davlat himoyasiga tayanişi ham rasman e'lon qilinmagan.
Abror Zohidov tayyorladi











