Rimda AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy örtasida uçraşuv bölib ötdi. Tomonlar Rossiya va AQŞ prezidentlarining 19 may kuniga rejalaştirilgan özaro telefon orqali muloqotlarini muhokama qildi. Bu haqda ukrainalik yuqori martabali amaldorga tayanib, AFP xabar berdi.
Amerika vitse-prezidenti press-puli jurnalistlari ma’lumotlariga köra, uçraşuv AQŞning Italiyadagi elçisini qarorgohida yopiq rejimda ötkazilgan. Unda davlat kotibi Marko Rubio, Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham iştirok etgan.
Qayd etilişiça, Zelenskiy va Vens tomonlar agar öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişa olmasa, Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etiş ehtimoli töğrisida gaplaşgan. Ismi oşkor etilmagan amaldorning ta’kidlaşiça, Ukraina tomoni uruşni tugatişga urinmoqda. Suhbat davomida Jyey Di Vens va Volodimir Zelenskiy, şuningdek, frontdagi vaziyat masalasiga ham töxtalib ötgan.
Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, özaro muloqot fevral oyida Oq uyda bölib ötgan Tramp va Vensning Ukraina prezidenti bilan tortişuviga nisbatan yaxşi keçgan.
28 fevral kuni Oval kabinetda jurnalistlar qarşisida ötkazilgan muloqotda Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Jyey Di Vens bilan tortişib qolgandi, şundan keyin Ukraina prezidenti Oq uyni muddatidan oldin tark etgan, nodir metallar böyiça bitim imzolanmay qolgan edi.
Bugun, 18 may kuni Vatikanda yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirişiş marosimi bölib ötdi. Rim papasining lavozimga kirişiş marosimiga xorij davlatlari va diniy konfessiyalarning 150 dan ortiq delegatsiyalari taşrif buyurdi. Ular orasida Ukraina prezidenti, AQŞ vitse-prezidenti va davlat kotibi, Italiya boş vaziri, Yevrokomissiya rahbari, Ispaniya va Belgiya qirollari ham bor.

















