Huquqiy savodxonlik... huquqiy ong... huquqiy madaniyat... qonun ustuvor jamiyat... Nega bu tuşunçalar yana kun tartibiga çiqdi? Undan ham avvalroq aniqlab olişimiz lozim bölgani: bu tuşunçalar nimani anglatadi?
Çuqur nazariy izohlarni çekkaga surib, oddiy misol orqali tuşuntirişga urinib köraman.
Siz ma'lum bir manzilga bormoqçisiz, ammo qanday borişni bilmaysiz. Biladiganlardan söraysiz, ma'lumot beradilar. Bu şunçaki ma'lumot oliş bosqiçi, ammo hali bilim emas – huquqiy ma'lumot.
Ma'lumotingiz bilimga aylanişi uçun siz öşa ma'lumot asosida manzilni topib borişingiz kerak. Bir marta borsangiz, keyin esdan çiqarmaysiz va doim topib kela olasiz – huquqiy bilim, savodxonlik.
Söng siz manzilga borişning qulayroq usullarini izlay boşlaysiz, xaritani olasiz, tahlil qilasiz, yönalişlarni örganasiz. Mana bu yöldan yuriş mumkin emas, taqiqlangan,bunisi oçiq ekan, şu yöldan borsam, yaqinroğ-u, ammo yöl harakati qoidalarini buzar ekanman deysiz. Buzsangiz, qanday javobgarlikka duçor bölişingizni ham bilasiz va javobgarlikni his qilib, qinğir yölni tanlamaysiz. Ya'ni siz bilimdan ongli ravişda foydalana boşlaysiz – bu huquqiy ong.
Faqat javobgarlikdan qörqib emas, taqiqlangan yöldan yuriş yomonligini tuşunib öşa yöldan yurmasligingiz, qoidalar sizning va ommaning foydasiga işlaşini anglab, ularni hurmat qilişingiz,qonunlarni hurmat qilganingiz tufayli ularni buzmasligingiz – huquqiy madaniyatdir.
Huquqiy madaniyat bölmasa, biz faqat qonunlarni örgatiş yoki javobgarlik bilan qörqitiş orqali huquqiy nigilizmga barham bera olmaymiz, qonun ustuvorligiga erişa olmaymiz, demak, taraqqiy eta olmaymiz.
Şu sababli ham yuksak huquqiy madaniyat milliy ğoya darajasiga kötarilyapti.
Kuni keça qabul qilingan prezident farmonining mazmuni, maqsadi va ahamiyati ana şunda aslida.
Biz sobiq boş prokurorlari qonunni buzgani uçun sudlanayotgan, xavfsizlik generallari zolimligi uçun 16 yilga qamalgan, içki işlar xodimlari ayollarni yeçintirgan jamiyatda yaşayapmiz.
Haydovçilari yöl qoidalariga faqat kameradan qörqib rioya qiladigan, fuqarolari pul bermasang heç qayerda işing bitmaydi deb işonadigan (afsuski, asossiz emas), qonunlar turganda qasam bilan halol işlaş mumkin deb öylaydigan jamiyatga aylandik. Aslida qasamni buzmaslik uçun ham huquqiy ong va madaniyat bölişi kerak.

















