Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlar böyiça vaziri örinbosari Yuriy Grimçak ma'lum qilişiça, Ukraina hukumati Rossiya bilan tuzilgan 40ta kelişuvni bekor qiliş niyatida. Bu haqda u «Pryamoy» telekanali efirida aytib ötdi.
Grimçakning eslatişiça, Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin Rossiya va Ukraina örtasidagi döstlik töğrisida bitim bekor qilinganidan söng, bu kelişuvlardan voz keçişni va'da qilgan.
«Hozirda Rossiya bilan öz vaqtida imzolangan 40ga yaqin kelişuvlarni bekor qiliş töğrisidagi masala körib çiqilmoqda», - dedi Grimçak.
Uning qöşimça qilişiça, turli darajalarda imzolangani sababli uzaytirilmaydigan hujjatlarning aniq sonini hisoblab çiqiş qiyin.
Eslatib ötamiz, avvalroq ukrainalik general Azov dengizini «kosmosdan qayd qiliş» yordamida kesib ötişni taklif qilgandi.












