Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovni Samarqand şahrida oçilgan «Ipak yöli» Xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinladi. Kun.uz muxbiri öz manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi. Abduhakimov mazkur oliy ta'lim muassasasining birinçi rektori hisoblanadi.
Aziz Abduhakimov 2014 yilning yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boşqargan. Undan avvalroq Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
U 2017 yilning avgust oyidan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimida işlagan. 2018 yilning may oyida Aziz Abduhakimov Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari – Turizm, ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan va ayni damda şu yönalişdagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Samarqand şahridagi «Ipak yöli» Xalqaro turizm universiteti faoliyati Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori asosida yölga qöyilgan.

















