Bill Geyts 2018 yilda qaysi masalalarga katta e'tibor qaratdi?
|00:06 / 12.01.201914 79412 min
Dunyoning eng badavlat kişilaridan biri hisoblangan Bill Geyts gatesnotes.com sayti orqali 2018 yilda işda nimalar bilan şuğullangani, nimalarni örganganini sarhisob qildi.
"Bolalik damlarimda har Rojdestvoda ota-onam oila yil davomida qanday işlar bilan şuğullangani haqidagi kartoçkalarni jönatişar edi. Otamning yuridik firmasi ösmoqda, onamning volontyorlik işi yaxşi ketmoqda, qizlar maktabda yaxşi öqişmoqda, Bill esa tutqiç bermas.
Ba'zilar buni oddiy holat deb öylaydi, lekin menga bu an'ana yoqadi. Har yilning oxirida men öz işim va şaxsiy hayotimni sarhisob qilişni yaxşi köraman. Meni nima hayajonga soldi? Nimani yaxşiroq uddaladim?
Foto: Washington Times
2018 yildagi xulosalarimning ba'zilari bilan bölişişga qaror qildim. Bugun 63 yoşimda özimga özim beradigan savollar 20 yoşimdagi savollardan ança farq qiladi. Öşa paytlar yil oxirida barçasi bir savolga borib taqalar edi: Microsoft personal kompyuterlarga oid orzuni röyobga çiqaryaptimi?
Bugunga kelib ham öz işim sifatini baholayman, biroq hayotim haqidagi qator boşqa savollarni ham qöyaman. Oila a'zolarimga yetarliça vaqt ajratdimmi? Yetarliça yangi bilimlarga ega böldimmi? Yangi döstona munosabatlarni rivojlantirib, eskilarini çuqurlaştirdimmi? 25 yoşimda bu kabi savollar kulgili tuyulgan bölardi, yoş ötgan sayin esa ularning ahamiyati ortib boradi.
Melinda (Bill Geytsning turmuş örtoği - tahr.) mening bu masala böyiça qaraşlarimni kengaytirişga yordam berdi. Şuningdek, "Siz ğamxörlik qiladigan insonlar sizni xuddi şunday yaxşi körişadimi?" degan savol muvaffaqiyati siri ekanini aytgan Uorren Baffet ham. Öylaşimça, bu ham şunday.
Insoniyat tarixi davomida uzoqroq yaşaşga harakat qilganmiz. Buning natijasida hayot davomiyligi oşmoqda. Bunda texnologiyalar vaksinalar, dori-darmonlar va sanitariya holatining yaxşilanişi orqali muhim rol öynadi.
Bezgak, semizlik kabi muammolar yeçimini topiş uçun hali ham köp innovatsiyalarga muhtojmiz. Fikrimça, bu kelgusida yirik kaşfiyotlarga yöl oçadi.
Bir yil ortga boqib, özim işlayotgan muayyan sohalar haqida öylab qolaman. Bu işlar qisman fondimiz orqali amalga oşiriladi, lekin hammasi emas. Işonçim komilki, innovatsiyalar har bir inson hayotini yaxşilaşi mumkin. Köpçilik odamlar innovatsiyalar hayotni qançalik yengillaştirişini yetarliça baholay olişmaydi. Quyida özim işlayotgan ba'zi yönalişlar böyiça fikrlarimni bayon qilaman.
Mavzuga oid
Altsgeymer kasalligi
2018 yilda Altsgeymer kasalligini tadqiq qilişda ikki ijobiy tendensiyani kuzatdim.
Foto: Gates Notes
Birinçidan, tadqiqotçilar Altsgeymer kasalligini qanday töxtatişga oid ğoyalarga e'tibor qaratişdi. Biologiyaga oid tuşunçalarimizni boyitiş bizning tibbiy xarajatlarimiz va azob-uqubatlarimizni qisqartiradi.
Ikkinçidan, Altsgeymer kasalligiga yöliqqan kişilar hamjamiyati köproq ma'lumotlarga kiriş imkonini qölga kiritdi. Kasallikning rivojlanişiga doir masalalarni yaxşiroq tuşuniş uçun tadqiqotlarimizda olimlarning özaro ma'lumot almaşişi yengilroq bölişi ustida işlayapmiz.
Sönggi yillarda AQŞ hukumati Altsgeymer kasalligi bilan boğliq tadqiqotlarni moliyalaştirişni oşirdi. Şu bilan birga, yanada yaxşiroq diagnostika qiliş uçun katta işlar qilinmoqda.
Aniq yeçimini köra olmayotgan yagona muammo qanday qilib klinik sinovlar uçun bemorlarni samaraliroq jalb qiliş usullarini işlab çiqişdan iborat. Oddiy va işonçli diagnostikasiz Altsgeymer kasalligining erta bosqiçida bölgan bemorlarni topiş qiyin. Yetarliça bemorlarni röyxatdan ötkazişga yillar ketişi mumkin. Muammo yeçimi topilgan taqdirda yangi sinovlarni tezroq boşlaş imkoniga ega bölamiz.
Işonamanki, ilmiy jihozlar, takomillaşgan diagnostika va köproq ma'lumot almaşiş imkoni tufayli kelgusi ön yoki yigirma yillikda bu yönalişda sezilarli taraqqiyotga erişamiz.
Poliomiyelit
Bugunga kelib poliomiyelitni bartaraf qilişga keçagidan yaqinroq bölamiz, deb öylagandim. Afsuski, 2018 yilda poliomiyelit körsatkiçlari 2017 yilgiga nisbatan köpaydi.
Siyosiy zöravonlik va uruş bor joylarda vaksinatsiya ötkaziş qançalik qiyin bölişini töğri baholay olmagan ekanman. Uruşdan qoçiş maqsadida oilalar bir joydan boşqasiga köçadi, natijada esa ularni kuzatiş va röyxatga oliş imkonsiz böladi. Afğoniston va Pokistonning heç qaçon poliomiyelitdan qutula olmasligining asosiy sababi ham şu.
Men homiylar bilan gaplaşişga köp vaqt ajrataman, ularning öz vazifasini tölaqonli bajarayotgan yoki yöqligiga işonç hosil qilaman. Kasalliklarni davolaşga biz istagan-da köp vaqt ketadi. Hamkorlarga agar işimizni tugatmasak, kasallik xavfi oşişini yodga solaman.
Nihoyat, Belgiya va Panamada yangi oral vaksina sinovdan ötkazilişiga umid qilaman. Natijalar 2019 yilda çop etilişi kerak. Agar bu usul öz samarasini körsatsa, u avvalgi vaksinalar bilan boğliq ba'zi muammolarni yengib ötiş imkonini beradi.
Mavjud muammolarga qaramay, tez orada poliomiyelitni yöq qilişning uddasidan çiqişimizga optimistik umid bildiraman.
Elektr energiya
2018 yilda parnik gazlarning havoga ajraliş körsatkiçi oşdi. Iqlim özgarişi bilan boğliq eng yomon ssenariylarning oldini olişning yagona yöli - "yaşil energiya" böyiça katta özgarişga erişiş.
Foto: Gates Notes
Quyoş hamda şamol energetikasi arzonlaşayotganidan xursandman, albatta, ularni zarur joylarda rivojlantirişimiz kerak. Biroq quyoş va şamol energiyasi - barqaror energiya manbalari emas, yaqin orada quyoş çiqmagan yoki şamol esmagan vaqt foydalaniş mumkin bölgan öta arzon batareyalar paydo bölişi esa amri mahol. Bundan taşqari, barça parnik gazlarining 25 foizi elektr energiya hissasiga töğri keladi.
Joriy yilda "yaşil energiya" yönalişida faoliyat yurituvçi Breakthrough Energy Ventures investitsion fondi biz pul tikayotgan ilk kompaniyalar haqida ma'lum qildi. Biz iqlim özgarişidagi asosiy kuçlarni kuzatyapmiz. Biz tanlagan kompaniyalar ajoyib odamlar tasarrufida bölib, ekologik sof energiyaga doir innovatsion ğoyalarni laboratoriyadan taşqariga çiqariş istagini namoyiş qilmoqda.
Yadroviy texnologiya iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş uçun ayni muddaodir, zero u - 24 soat davomida foydalaniş mumkin bölgan yagona uglerodsiz energiya manbai. Zamonaviy reaktorlar bilan boğliq muammolar yo avariya xavfi innovatsiyalar yordamida hal qilinişi mumkin.
Qöşma Ştatlar özining olimlari, işbilarmonlari va investitsion kapitali bilan bunday yutuqlar uçun juda yaxşi töğri keladi.
Afsuski, Amerika 50 yil avval bölgani kabi yadroviy energiya sohasida yetakçi emas. Uşbu pozitsiyani qayta tiklaş uçun mamlakat yangi mablağlar ajratişi, qonun-qoidalarni yangilaşi va investorlarga buning bari jiddiy ekanini namoyiş etişi kerak böladi.
Bu tösiqlarni yengib ötsak, zamonaviy yadroviy energetika sohasida örganiş kerak bölgan bir neça umidli ğoyalar bor. Men 10 yil avval asos solgan TerraPower kompaniyasi xavfsiz yondaşuvni qöllaydi, juda kam parnik gazi çiqaradi.
Biz Xitoyda yangi loyiha yölga qöyişga umid qilayotgandik, biroq yaqinda AQŞ siyosatida röy bergan özgarişlar buni amalga oşiriş imkonini qiyinlaştirdi. Ehtimol, uni Qöşma Ştatlarda qurişimiz mumkindir, faqat buning uçun moliyalaştiriş va normativ hujjatlarda özgarişlar röy berişi kerak.
Dunyo iqlim özgarişini töxtatiş uçun turli qarorlarga muhtoj. Ilğor atom energetikasi şunday qarorlardan biridir. Umid qilamanki, AQŞ yetakçilari bu maydonda faollaşişga harakat qilişadi.
Navbatdagi epidemiya
1918 yilda ispança gripp butun dunyo böylab 50 million kişining yostiğini quritdi. U ilgarigidek jahondagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Bu epidemiyaga 100 yil bölişi bizning navbatdagi epidemiyaga tayyor yoki yöqligimizga doir köp bahs-munozaralarni keltirib çiqaradi. Afsuski, biz hanuz tayyor emasmiz.
Foto: Gates Notes
Odamlarning terrorizm va iqlim özgarişi kabi xavflardan taşvişlanişi töğri. Biroq agar qisqa vaqt içida nimadir önlab million kişilarning ölimiga sabab böladigan bölsa, bu, ehtimol, global epidemiya bölar. Honahoy, bu gripp şakllaridan biri böladi, çunki gripp virusi havo böyiça oson tarqaladi. Bugunga kelib 1918 yildagidek gripp atigi olti oyda 33 million kişining ölimiga olib keldi.
Bir neça yil mobaynida buni örgandim. Tayyor turiş uçun bizga milliy hukumatlarning qöşma faoliyat rejasi zarur. Biz karantinda nima qiliş kerakligi, muammoli hududlarga jönatmalar yöllaş, harbiylarni jalb qiliş haqida öylaşimiz kerak. 2018 yilda bu masalalar böyiça katta muvaffaqiyat kuzatilmadi.
Insonni gripp balosidan himoyalovçi vaksina işlab çiqarişda muvaffaqiyatga erişilgani yaxşi yangilik böldi. Bu yil Merilenddagi AQŞ Milliy soğliqni saqlaş institutida böldim va bu işni olib boruvçi ba'zi kişilardan ma'lumotlar oldim.
Grippga qarşi universal vaksina yaratiş vazifasi qiziq. Virusning barça turi ma'lum bir umumiy tuzilmaga ega. Agar siz heç qaçon grippga çalinmagan bölsangiz, immun tizimingizni bu tuzilmalarni izlab, ularga hujum qilişga örgatadigan vaksina ixtiro qiliş mumkin. Biroq kasallikka çalinib bölgandan keyin immunitetni umumiy tuzilmalarni qidirişga majbur qiliş juda qiyin.
Muammo yeçimdan uzoq, biroq yangi tadqiqotlar uçun mablağlar ajratilmoqda va buning ustida tobora köproq olimlar iş olib borişmoqda. Uşbu ilmiy tadqiqotlardan (ulardan ba'zilarini bizning fondimiz moliyalaştiradi) maksimal darajada foydalaniş uçun global monitoring va epidemiyaga qarşi kuraşiş tizimini işlab çiqiş zarur. Bu esa hukumatlar yetakçilari örtasidagi xalqaro hamkorlikni talab qiluvçi siyosiy masala. Aslida bu muammo yanada katta e'tiborga loyiq.
Genlarni tahrirlaş
Noyabrda genlar tahrirlovi haqida ma'lum böldi, bunga xitoylik olimning ikki qizning genlarini esmbrionlik davrida özgartirgani töğrisida e'lon qilgani sabab böldi.
Foto: Forbes
Men bu olimning haddan taşqari çuqurlaşganini ta'kidlayotganlarning gapiga qöşilaman. Biroq agar bu hodisa genlarni tahrirlaş haqida köproq odamni öylaşga va bu haqida gapirişga majbur qilsa, uning işi yaxşilikka xizmat qilişi mumkin.
Etnik masalalar köp. Genlar tahrirlovi kasalliklarni davolaşda optimizm bağişlaydi. Biroq texnologiya tengsizlikni çuqurlaştirişi mumkin, bu ayniqsa badavlat kişilar bilan boğliq holatlarda yaqqol namoyon bölişi mumkin.
Men bu masalalar keng jamoatçilik e'tiborini jalb qilmaganiga ajablandim. Bugunga kelib sun'iy intellekt qizğin bahslar manbai hisoblanadi. Genlar tahrirlovi esa heç bölmaganda sun'iy intellekt kabi e'tiborga loyiq.
Imkoningiz bölişi bilan bu haqida mutolaa qilişga harakat qiling. Yangiliklar lentasidagi maqolalarni kuzatib boring. Agar butun bir kitobni öqişga tayyor bölsangiz, Siddxartxi Mukerjining "Gen" asarini tavsiya qilaman.
Kelajakka nazar
Odatda Yangi yil bilan boğliq sarhisoblar tarafdori bölmasam-da, doim aniq maqsadlar qöyib, ularni amalga oşirişni rejalaştirişga harakat qilaman. Yoş ötgan sayin ikki masala xayolga keladi. Şuning uçun 2019 yil uçun qarorlar qabul qilaman.
Ulardan biri konfidentsiallik va innovatsiyalar örtasidagi muvozanatdir. Odamlarning konfidentsialligini himoyalaşda ta'lim yoki soğliqqa oid tasavvurga (Masalan, past daromadli öquvçilarga ta'lim beriş böyiça qaysi maktablar eng yaxşi natija körsatmoqda? Qaysi şifokorlar hamyonbop narxlarda eng yaxşi xizmatlarni taqdim etişadi?) ega böliş uçun ma'lumotlardan qanday foydalanişimiz mumkin?
Ikkinçisi - ta'lim sohasida texnologiyalardan foydalaniş. Dasturiy ta'minot talabalarning öqişini qançalik yaxşilaşi mumkin? Köp yillar davomida texnologiyalarning ta'limga katta ta'siri haqida eşitib kelyapmiz. Biroq öylaşimça, endi buni isbotlaş vaqti keldi.
Geyts yozişmalarida şu va boşqa masalalar böyiça yangi fikrlarim bilan bölişib boraman", - deb yozadi milliarder.