Kanadaning Alberta viloyati poytaxti Edmonton şahri orqali şahar çekkasida qurilayotgan zavod uçun favqulodda katta ölçamdagi metall quvur olib ötildi.

Ulkan quvur 40 ta ğildirakli tirkama yordamida taşilgan.  

Foto: CBC News
Foto: CBC News
Foto: CBC News

 Quvurning umumiy uzunligi 96 metrni, avtopoyezdniki esa 180 metrdan köproqni taşkil qilgan. Yöldagi burilişlar transport uçun ayniqsa katta murakkablik tuğdirgan.

Mahalliy OAVning ma'lum qilişiça, 900 tonnalik quvur Heartland Petrochemical Complex kimyo zavodining bir qismiga aylanadi. Korxona metandan plastik işlab çiqariş bilan şuğullanadi.