Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston Prezidentining farmoni qabul qilindi.
Farmonda körsatilişiça, 2019 yil 1 iyuldan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
· yuridik şaxslar – Özbekiston Respublikasi rezidentlari ularga mulk huquqi asosida tegişli bölgan yoki ular tomonidan xususiylaştirilayotgan bino va inşootlar, sanoat infratuzilmasi obektlari joylaşgan yer uçastkalarini, şuningdek ularga tutaş hududlardagi işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur miqdordagi yer uçastkalarini xususiylaştiriş huquqiga ega;
· jismoniy şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari ularga yakka tartibda uy-joy quriş va turar joyga xizmat körsatiş uçun ajratilgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş huquqiga ega;
· körsatilgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş jismoniy va yuridik şaxslarning arizalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oşiriladi;
· jismoniy va yuridik şaxslar – Özbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xususiylaştirilgan yer uçastkalari xususiy mulk (fuqarolik muomalasi obektlari) hisoblanadi va daxlsizdir, şuningdek Özbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinadi;
· yer uçastkalarini xususiylaştiriş faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bölgan holda hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oşiriladi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Özbekiston Respublikasining “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Qonuni loyihasini kiritişi hamda 2019 yil 1 iyunga qadar xususiylaştiriladigan yer uçastkalari uçun tabaqalaştirilgan tölovlar miqdorlari, şuningdek ularni tölaş tartibini belgilovçi hukumat qarorini qabul qilişi belgilab qöyildi.










