Pensiya haqida gap ketganda doim bir holat yodimga tuşadi. Bundan 4 yil muqaddam viloyatga, tuğilib ösgan mahallamga borganimda yoşi uluğ mahalladoşlarim pensiya va naqd pul masalasida arz qilib qolişdi. Öşa paytlar pensiyalar yuz foiz plastik kartoçkaga tuşirilar, dökonlarda esa narxlar plastik kartadan yoki naqd pul orqali tölanişiga köra sezilarli tafovut qilardi. Qişloq joylarda ba'zi narsalarni, misol uçun göştni plastik kartoçkaga olişning imkoni yöqligi uçun ayrimlar mablağlarini naqdlaştiriş uçun kartoçkalarini kirakaşlik qiladigan yigitlarga berib qöyar, ular benzin olişda kartadan foydalanib, naqd pulni egalariga bölib-bölib qaytarişardi. Aholining plastik kartoçkadan foydalanişini köpaytiriş masalasi esa sohaga mas'ul organlar tomonidan asosan ma'muriy yöllar bilan amalga oşirilardi. Oqibatda oddiy odamlar, ayniqsa viloyatlardagi pensionerlarning noroziligi bisyor edi.

Öşa pallada keksalarimiz muammosini hal qiliş, ularning duosini oliş uçun Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasiga murojaat qilib, taniş-bilişlarni işga solişimga töğri kelgandi.

Virtual qabulxonaga öşa paytda qilingan murojaatlarning yetti mingtasi aynan şu muammo girdobida qolgan nuroniy otaxonlar-u mötabar onalarimizdan kelgan. Uşbu raqamlarda bu qiynalsa-da, boriga şukr, deb yurganlar aks etmagan. 

Keyingi yillarda pensiya sohasida talay ijobiy işlar qilindi. Xususan, davlat rahbarining 2017 yil 2 fevralda “Pensiyalar va nafaqalar tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq barça turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida heç qanday çeklovlarsiz naqd şaklda beriladigan böldi. Işoning, keksalarimiz, ayniqsa qişloqlardagi uluğlarimiz uçun öşanda haqiqiy bayram bölgandi, ular davlat rahbarini iç-içdan duo qilişgandi. Axir, pulingiz böla turib (mayli, kartada bölsa ham), unga özingiz xohlagan narsani ololmasangiz, juda alam qiladi.

Pensiya sohasida navbatdagi keng kölamli, tarixiy muhim qadam Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta'minoti tizimi samaradorligini oşiriş va pensionerlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni bilan amalga oşirildi. Unda quyidagi muhim özgarişlar közda tutilgan:

1. 2019 yil 1 yanvardan boşlab barça toifadagi işlovçi pensionerlarga pensiya töliq miqdorda tölanadi.

Statistik ma'lumotlarga köra, Özbekiston Respublikasida 118 mingdan ziyod işlovçi pensionerlar mavjud, ularning faqat 40 ming nafari (34 foizi) öz pensiyalarini töliq olib kelgan, 78 ming nafardan ortiq (66 foiz) işlovçi pensionerlar bunday imkoniyatdan mahrum bölib, pensiyalarining 50 foizini olib kelişgan.