Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Öqituvçi maqomi töğrisida»gi Qonun loyihasi joylaştirildi.
Qonunning 12-moddasiga köra, öqituvçilarning dars va tögarak maşğulotlarini taşkil etiş hamda sinf yoki guruh jurnalini yuritişdan taşqari boşqa pedagogik yuklamalar böyiça hisobotlar va qöşimça ma'lumotlarni talab qilişga yöl qöyilmaydi.
Öqituvçilarni xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga, majburiy mehnatga, şu jumladan, tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq xöjaligi işlari hamda boşqa turdagi işlarga jalb qiliş taqiqlanadi.
Öqituvçilarni ularning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan yiğilişlar va boşqa tadbirlarga jalb qiliş, ularning bosma naşrlarga majburan obuna bölişini taşkil etiş qonun bilan man etiladi.
13-modda - Mehnatga haq tölaş. Öqituvçining mehnatiga haq tölaş mehnat şartnomasida (kontraktda) nazarda tutilgan funksional majburiyatlarni bajarganligi uçun tölanadi. Xodimning qöşimça şartnoma asosida boşqa işlar va majburiyatlarini bajarganligi uçun, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, fuqarolik-huquqiy tusdagi şartnomaga muvofiq alohida haq tölanadi.
Öqituvçilarning bazaviy tarif stavkalari va lavozim maoşlari ta'lim sohasi böyiça ixtisosligi, pedagogik iş staji, toifasi, ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari mavjudligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Öqituvçilar iş haqining boşlanğiç darajasi eng kam iş haqining sakkiz baravaridan kam bölmagan darajada belgilanadi.
«Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi» va «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq ta'limi xodimi» faxriy unvoni egalariga ustama iş haqi qonun hujjatlariga muvofiq tölanadi.
Umumta'lim maktablarida, maktabgaça va maktabdan taşqarida ta'lim muassasalarida faoliyat olib boradigan öqituvçilarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustamalar belgilanadi.
Xodimdan qöşimça pedagogik malakani talab etadigan mehnatning alohida şaroitlarida işlaganlik uçun bazaviy tarif stavkasiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Tabiiy iqlim şaroiti noqulay bölgan hamda respublikaning olis toğli va çekka hududlarida işlaydigan öqituvçilarga davlat tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ustamalar va imtiyozlar belgilanadi.













