«Sevilya» klubi «Barselona» hujumçisi Munir El-Xaddadi transferini e'lon qildi.

Andalusiyaliklar 23 yoşli futbolçi uçun 1,05 million yevro tölaydigan bölişdi. Bugun Munir tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötib, «Sevilya» bilan 4,5 yillik şartnomani imzoladi.

Joriy mavsumda Munir 7ta öyin ötkazib, 1ta gol urgan va şunça golga hammualliflik qilgan. U «Barselona» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi.