Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras Makedoniya hukumati rahbari Zoran Zayevni mamlakat nomini özgartiriş böyiça parlamentda ovoz beriş jarayoni muvaffaqiyatli ötgani bilan tabrikladi. Bu haqda TASS Gretsiya hukumati rahbarining matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Xabar qilinişiça, Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras Zoran Zayev bilan telefon orqali muloqot ötkazgan va «uni Prespa kelişuviga asosan konstitutsiyani qayta körib çiqiş jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklagan».

Avvalroq, Makedoniya parlamenti mamlakat nomining özgartirilişini ma'qullagani xabar berilgandi.

Makedoniya öz nomini NATO va Yevropa ittifoqiga kiriş uçun özgartirdi.