Ukraina Turkiyadan Bayraktar TB2 zarba beruvçi harbiy dronlarni sotib oladi. Bu haqda «112 Ukraina» mamlakat prezidenti Pyotr Poroşenkoga asoslangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, «Ukrspetseksport» davlat şirkati turkiyalik hamkorlar bilan tegişli bitimni imzolagan.

«Bu operativ-taktik darajadagi zarba beruvçi eng yangi uçuvçisiz uçar qurilmalar. Ular özidagi yuqori texnologiyali xususiyatlarga qöşimça ravişda, zirhli texnika, muhandislik va fortifikatsion inşootlar, şuningdek, dengizdagi nişonlarni yöq qiliş uçun zamonaviy yuqori aniqlikdagi raketalar bilan jihozlanişi mumkin», - deya ma'lum qildi Poroşenko.

Uning qayd etişiça, Ukraina-Turkiya hamkorligi Kiyevning NATOga a'zo böliş borasidagi strategik yönalişiga mos keladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ukrainalik general mamlakat NATOga qaçon a'zo bölişini aytgandi.