2019 yilning 12 yanvar kuni Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov «Hindiston—Markaziy Osiyo» muloqotining birinçi vazirlar uçraşuvida iştirok etiş uçun kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari, Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Turkmaniston prezidentining 2018 yilning 23—24 aprel kunlari Özbekistonga davlat taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi.

Vazirlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş istiqbollari töğrisida söz yuritar ekan, tovar aylanmasining jadal ösib borayotganini ta'kidladi. Savdo aylanmasi hajmi ötgan yilning yanvar—noyabr oylarida 2017 yilning şu davriga nisbatan 53 foizga oşdi.

Uçraşuvda ikki davlat bozorlarida tovar işlab çiqaruvçilar uçun özaro qulay şart-şaroitlar yaratiş, hududlararo hamkorlikni faollaştiriş, mintaqada tranzit va transport koridorlarini rivojlantiriş böyiça takliflar körib çiqildi.

Şuningdek, turizmni rivojlantiriş, Özbekiston va Turkmanistonda qöşma tadbirlarni taşkil etiş orqali madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni çuqurlaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar Toşkent şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bölajak maslahatlaşuv uçraşuvini muvaffaqiyatli ötkazişdan manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Uçraşuvda Turkmaniston elçisi Yazguly Mammedov iştirok etdi.