Amerika kinooperatorlar jamiyati (American Society of Cinematographers, ASC) taşkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan XX asrning eng yaxşi filmlarini tanladi. Töliq röyxat jamiyat saytida keltirilgan. 

Jamiyat talqiniga köra, ötgan asrning eng yaxşi filmi sifatida rejissyor Freddi Yang tomonidan 1962 yilda suratga olingan “Arabistonlik Lourens” filmi tan olindi. Mutaxassislarni uşbu film qanday şaroitlarda suratga olingani hayratlantirgan. Jumladan, suratga oliş işlari Iordaniyadagi Jabal at-Tubayk degan joyda olingan. Bu yerda çidab bölmas issiq havo turganidan taşqari, eng yaqin suv manbasigaça 240 km yöl bosib ötiş kerak bölgan.

Biroq şunday oğir şaroitlarga qaramay, suratga oliş guruhining professionalligi evaziga 7 ta “Oskar”, 4 ta “Oltin globus” va boşqa köplab mukofotlarni olişga muvaffaq bölgan film suratga olingan. 

Şuningdek, eng yaxşi filmlar röyxatining yetakçi öntaligiga “Tiğ ustidan yuguruvçi” (1962 yil), “Bugungi kun qiyomat qoyimi” (1979), “Fuqaro Keyn” (1941), “Çöqintirgan ota” (1972), “Quturgan buqa” (1980), “Konformist” (1970), “Örim kuni” (1978), “2001 yil: Kosmik odisseya” (1968) va “Frantsuz aloqaçisi” (1971) filmlari kirgan.