«Çelsi» yarimhimoyaçisi Eden Azar «Nyukasl»ga qarşi öyinda (2:1) Villianga golli uzatma berdi.
Belgiyalik futbolçi çempionatda 20ta golda iştirok etgan (10 gol va 10 golli uzatma). Azar bu borada Yevropadagi top-5 çempionatlarda ikkinçi körsatkiçni qayd etmoqda.
Birinçi örinda – «Barselona» hujumçisi Lionel Messi. Uning hisobida La Liga öyinlarida urilgan 16 gol va 10 golli uzatma mavjud.
Bundan taşqari, Azar «Çelsi»ga kelganidan buyon ilk marta APLning bir mavsumida gol va golli paslar sonini kamida 10taga yetkazdi.
U şuningdek, 2012/13 yilgi mavsumdan buyon londonliklar jamoasining kamida 10tadan gol va golli uzatma muallifi bölgan ilk futbolçisidir, oxirgi marta bunday körsatkiç Xuan Mata tomonidan qayd etilgandi.












