12 yanvar, şanba oqşomida Özbekiston va Turkmaniston terma jamoalarining Osiyo Kubogi guruh bosqiçi 2-turi doirasidagi özaro bahs oldidan öyinoldi rasmiy tadbirlari bölib ötdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Uçraşuv komissarlari iştirokidagi mitingda yakşanba kuni Özbekiston oq, Turkmaniston esa yaşil libosda töp surişi oydinlaşdi. Şundan söng keçga tomon matbuot anjumani va rasmiy maşğulotlar bölib ötdi. Turkmanistonliklar ustozi Yazguli Xöjageldiyev va yarimhimoyaçi Ahmet Atayev iştirokidagi matbuot anjumani ança qisqa vaqt davom etganini ta'kidlaş joiz.

Bugungi öyin Toşkent vaqti bilan soat 21:00da Dubaydagi «Rashid Stadium»da boşlanadi. Uçraşuvni mezbon BAA mamlakatidan FIFA referisi Ammor Al–Jyeneybi boşqarib boradi. Özbekiston bu turda ham ğalaba qozongan taqdirda, keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritadi. Uçraşuvdan oldin guruhning boşqa vakillari – Ummon va Yaponiya terma jamoalari Abu-Dabida özaro hisob-kitob qilib oladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston termasi birinçi turda Ummon ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozongan bölsa, Turkmaniston Yaponiyadan 2:3 hisobi bilan mağlubiyatga uçragan edi.