Jahon | 07:30 / 14.01.2019
8806
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressiga Trampning tarjimonlari chaqirtirilishi mumkin – OAV

Foto: AFP

AQSh vakillar palatasining ikkita qo‘mitasi huquqshunoslari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvlarida ishtirok etgan tarjimonlarni ko‘rsatmalar berish uchun chaqirtirish imkonini muhokama qilishmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ABC News telekanali ma'lum qildi.   

Ta'kidlanishicha, razvedka va tashqi ishlar qo‘mitalari huquqshunoslari 14 yanvarda uchrashadilar.

Washington Post nashrining ma'lum qilishicha, Tramp o‘z ma'muriyatidan Putin bilan suhbatlari tafsilotlarini yashirgan. Buning natijasida hattoki maxfiylashtirilgan fayllarda ham  Trampning Putin bilan oxirgi ikki yil ichida 5 ta joydagi suhbatining birorta batafsil yozuvi qayd qilinmagan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap jumladan Trampning Putin bilan 2017 yil Gamburgdagi uchrashuvi haqida ketmoqda. Bu uchrashuvdan keyin Tramp tarjimoni qayd qilgan yozuvlarni o‘zi bilan birga olib, undan ma'muriyat a'zolari tomonidan suhbat vaqtida aytilganlarni muhokama qilmaslikni talab qilgan. Ta'kidlanishicha, bu holat “bir qator savollarni tug‘dirgan”.

Mavzuga oid