Joriy yilning 11 yanvar kuni Qirğiziston taşqi işlar vaziri Çingiz Aydarbekov Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimov muzeyiga taşrif buyurdi.

Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, delegatsiya Özbekiston birinçi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova bilan uçraşgan. U delegatsiyaga Islom Karimovning 80 yilligi va Çingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan körgazma haqida batafsil ma'lumot bergan.

Qirğiziston taşqi işlar vaziri Çingiz Aydarbekov Özbekiston birinçi prezidenti muzeyining mehmonlar kitobida yozuv qoldirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda Özbekiston va Qirğiziston taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi bölib ötgandi.